TOHIRIYLAR

TOHIRIYLAR — Xurosondagi Tohiriylar davlashida hukmronlik qilgan sulola (821—873). Rasman abbosiylar vassali hisoblangan. Sulolaga 821 i. Tohir ibn Husayn asos solgan. Tohiriylar hukmdorlari: Tohir ibn Husayn (821—822), Talha ibn Tohir (822—828), Abdulloh ibn Tohir (828—844), Tohir II ibn Abdulloh (844—862), Muhammad ibn Tohir (862—873). 873-y. Xurosonda Tohiriylar hukmronligi tugatilib, yangi Safforiylar davlati tashkil topgan.