TOGʻ JINSLARINING NAM SIGʻIMI

TOGʻ JINSLARINING NAM SIGʻIMI — maʼlum mikdordagi suvni oʻziga sigʻdirib, ushlab turish xususiyati. Mutlaq quruq jinslardan foiz hisobida ifodalanadi. Togʻ jinslarining nam sigʻimi ogʻirligi (suv massasining quruq jins massasiga nisbati) yoki hajmi (suv hajmini jins hajmiga nisbati) jihatidan foizda ifodalanadigan nam sigʻimi koeffitsiyenti bilan tavsiflanadi. Togʻ jinslari: nam sigʻimli (torf, balchiq, qumoq tuproq, gil), nam sigʻimi kam (boʻr, mergel, gilli qum, sof tuproq jinslari), nam sigʻimsiz (yaxlit otqindi va choʻkindi jinslar) boʻladi. TOGʻ JINSLARINING RADIOAKTIVLIGI — togʻ jinslari tarkibida U, Th radioaktiv elementlarining va ularning yemirilish mahsullari K va togʻ jinslarining suv Rb larning mavjudligi. Radioaktiv elementlar 92U, 92U radioaktiv had radioaktiv izotopining mikdori bilan aniqlanadi. Uran ikkala izotopining Yer poʻstidagi (16 km chuqurlikkacha) mikdori taxm. 2,510~4% (vazn hisobida), toriyniki 1,310—3%, kaliy radioaktiv izotopiniki 0,29%. T. j. r. Yerning issiklik balansida muhim rol oʻynaydi. Magmatik jinslarda radioaktiv elementlar tarkibi ularning nordonliligi yoki ishqorliligi ortishi bilan oʻsib boradi. Otqindi togʻ jinslari orasida nordon jinslar eng katta radioaktivlikka (U — 3,510~4; Th — 1,810—3), ultraasosli jinslar esa, eng kichik radioaktivlikka (U— 310~7) egadir. Otqindi togʻ jinslarda U, asosan, toriy nodir yer elementlari guruhini aksessor minerallarida izomorf aralashma koʻrinishida va jins hosil qiluvchi minerallarda sochma shaklda uchraydi. Th esa, asosan, toriynodir yer elementlari guruhini aksessor minerallarida yetakchi element yoki aralashma holida ishtirok etadi. K va R mineral hosil qiluvchi minerallar bilan boglik,. Choʻkindi togʻ jinslaridagi radioaktiv elementlar (U—3,2104: Th— 1,1Yu3) tarkibi kelib chiqishiga bogʻliq. Terrigen choʻkindi togʻ jinslari radioaktivligi magmatik jinslarnikiga yaqin. Choʻkindi togʻ jinslari orasida uning yuqori konsentratsiyalisi sifatida dengiz fosforitlari (50—300×10ʻ»%), baʼzi bir kora slaneslar (to 100×10~4%) hamda baliqlarning suyak qoldiqlari va qoʻngʻir koʻmir ajratiladi. Metamorfik jinslarning radioaktivligi yetarli oʻrganilmagan. Tuprokdagi Th ning Ura nisbati tub jinslardagiga qaraganda ancha katta. Nordon jinslar zamirida paydo boʻlgan tuproq ancha yuqori radioaktivlik bilan ajralib turadi. Oydagi kristalli jinslar (bazaltlar, anortozitlar)da radioaktiv elementlar juda kam. Ingliz geologi J. Jouli birinchi boʻlib (1905) Togʻ jinslarining nam sigʻimini Yer issiqlik energiyasi manbai sifatida muhim ahamiyatga ega ekanligini koʻrsatdi. TOF JINSLARINING SUV OʻTKAZUVCHANLIGI — togʻ jinslarining oʻzidan suv oʻtkazish imkoniyati. Suv oʻtkazish darajasi, oʻzaro tutashgan gʻovak va darzliklarning oʻlchami va mikdoriga xdmda togʻ jinslari donalarining saralanganligiga bogʻliq boʻladi. Suvni yaxshi oʻtkazuvchi togʻ jinslariga — shagʻal, mayda shagʻal, yirik donali qumlar, kuchli karstlangan va darz ketgan jinslar kiradi. Deyarli suv oʻtkazmaydigan jinslarga — gillar, qumoq tuproklar, darzlanmagan kristalli, metamorfik va mustahkam choʻkindi togʻ jinslari kiradi. Togʻ jinslarining nam sigʻimi filtrlanayotgan togʻ jinsining koʻndalang kesimi maydoni birligi orqali oʻtayotgan suvning mikdoriga teng boʻlgan filtratsiyaning tezligi bilan aniqlanishi mumkin. Gidrogeologik tadqiqot va hisoblarda suv oʻtkazish koeffitsiyenti togʻ jinslarining filtraiiyali xususiyatlarining koʻrsatkichi boʻlib xizmat qiladi. Togʻ jinslarining nam sigʻimini oʻrganish yer osti suvlarini qidirish va razvedka qilishda zarur boʻlib, ulardan suvlarni bir joyga jamlashda, gidrogeologik inshootlarini oʻrnatishda, turli tipdagi yer osti suvlarini ekspluatatsiya qilishda foydalaniladi. TOF KOMPASI — togʻ jinslari qatlamining yotish elementlari: yotish burchagining oʻlchami, ogʻish va yoʻnalish tomonlarini aniqlaydigan asbob. Toʻgʻri toʻrtburchak shakldagi magnitlanmaydigan plastinka taglikka oʻrnatilgan kompas va qiyalik burchagini aniqlashga moslashtirilgan oyna koʻrsatgichdan iborat. Togʻ jinslarining nam sigʻimining shim. —jan. yoʻnalishi (S—Yu yoki N — S) taglikning uzun tomoniga parallel holda joylashtirilgan. Sharq — gʻarb tomonlari (V—3) oʻrni almashtirilib yozilgan. Kompas doirasi — limbi shim. qutbdan boshlab soat strelkasi harakatiga teskari yoʻnalishda 360° ga boʻlingan. Togʻ jinslarining nam sigʻimi togʻ jinsi qatlamiga uning yotishiga perpendikulyar ravishda yonboshi bilan, «S» harfli tomonini esa yotish yoʻnalishi boʻylab joylashtirilganda limbada shoqul koʻrsatayotgan kichik burchak — qatlamning yotish burchagi, kompas yonboshi boʻylab qatlam yuzasidan oʻtkazilgan chiziq — yotish chizigʻi deyiladi. Yotish chizigʻiga perpendikulyar chiziq, qatlamning yoʻnalishini koʻrsatadi. Qatlam azimuti unga Togʻ jinslarining nam sigʻimini gorizontal ravishda «S—Yu» yoʻnalishini qatlam yoʻnalishi chizigʻiga moye joylashtirilganda magnit strelkasini shim. uchi doirasidagi koʻrsatkich — qatlam azimuti yoʻnalishi boʻladi. Togʻ jinslarining nam sigʻimidan geol. qidiruv ishlarida foydalaniladi.