TOSHKENT TEXNIKA UNIVERSITETI

TOSHKENT TEXNIKA UNIVERSITETI (ToshTU), Abu Rayhon Beruniy nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti — xalq xoʻjaligi, i. t., loyihakonstruktorlik tashkilotlari uchun texnik va texnologik yoʻnalishlarda yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaydigan oliy oʻquv yurti. 1918-y. da ochilgan Turkiston xalq unti texnika fti zaminida Oʻrta Osiyo paxtachilik irrigatsiyasi politexnika intiga 1929-y. asos solingan. 1933-y. uning negizida Oʻrta Osiyo. industrial inti tashkil kilingan. 1949-y. Oʻrta Osiyo politexnika intiga aylantirilgan, 1961-y. dan Toshkent politexnika inti nomi bilan atalgan. Int negizida 1989-y. Mashinasozlik inti ham tashkil topgan. 1991-y. da Politexnika inti va Mashinasozlik inti negizida ToshTU, Toshkent arxitekturaqurilish institutoʻ va Toshkent kimyotexnologiya institutoʻ va Samolyotsozlik fti tashkil kilindi. Untda energetika, elektronikaavtomatika va hisoblash texnikasi, mexanikamashinasozlik, kongeologiya, iqtisodmuhandislik, neft va gaz, fundamental fanlar, gumanitar taʼlim hamda biznesboshqaruv ftlari bor. Biznesboshqaruv fti Malayziyaning RENONG BERXAD kompaniyasi bilan hamkorlikda 1994-y. da tashkil etilgan. Untda 93 kafedra, shu jumladan, harbiy kafedra, tayyorlov boʻlimi, 27 i. t. lab., aspirantura, drlik va nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qilish uchun 5 ta ixtisoslashtirilgan ilmiy kengash bor. Untda 1992-y. da iktidorli oʻquvchilar uchun texnik yoʻnalishdagi internatlitsey va 1995-y. da maxsus gimnaziya tashkil qilindi. Untning bosh kutubxonasi tarkibida 7 tarmoq kutubxonasi bor (1 mln. 307 ming nusxa asar). Untda 33 yoʻnalish boʻyicha bakalavrlar, 66 yoʻnalish boʻyicha magistrlar tayyorlanadi. 2002/03 oʻquv yili 11 mingga yaqin talaba oʻqidi, 1000 dan ortiq oʻqituvchi, shu jumladan, 70 fan dri va prof. ishladi.

Untda texnik va texnologik yoʻnalishlar boʻyicha i. t. ishlari olib boriladi, Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasi va Yevropa mamlakatlarining qator oʻquv yurtlari bilan hamkorlikni kuchaytirish, Rossiya, AQSH, Yaponiya, Fransiya, Germaniya, Koreya kabi mamlakatlarning ilmfan, texnika sohalaridagi yutuqlarini oʻrganish, iqtidorli yoshlarni oʻqishga yuborish, prof. oʻqituvchilar malakasini Yevropa andozasi asosida oshirishga doyr ishlar qilinmoqsa. Unt qoshida talabalar uyi, kishki va yozgi sport zallari, tibbiyot shoxobchalari, dam olish maskanlari bor. Unt faoliyati H. M. Abdumayev, K. S. Ahmedov, H. N. Boymuhamedov, U. Oripov, V. R. Rahimov, O. U. Salimoye, A. S. Ukloneniy, H. F. Fozilov, M. T. Oʻrozboyev, V. Q. Krbulov, M. 3. Homidxonov va b. olimlar nomi bilan bogʻliq. Untda ilmiy asarlar toʻplami, darsliklar, oʻquv qoʻllanmalari nashr etiladi. Unt faoliyati davomida undan 15 ta oliy oʻquv yurti, 3 ta texnik kollej ajralib chiqqan, baʼzi xorijiy mamlakatlarda texnika oliy oʻquv yurtlari tashkil etilishida faol qatnashgan.