TOTILA

TOTILA (Totila) Baduila (? 552, Tagina yaqinida, hoz. GualdoTadino) — ostgotlar qiroli (541-y. dan). Italiyada vizantiyalik istilochilarga qarshi koʻtarilgan xalq ozodlik harakati rahbari. Vizantiyaga qarshi kurashda Vizantiya hukumati siyosatidan norozi boʻlgan qullar, kolonlar, rimlikitaliyalik dehqonlar qoʻzgʻolonlaridan foydalangan. Totila davrida ostgotlar Vizantiya armiyasi ustidan bir necha gʻalabalarga erishgan va 542—551-y. larda deyarli butun Italiyani ozod qilgan. Biroq Totila imperator Yustinian tomonidan yuborilgan Narses boshchiligidagi armiyaga qarshi tura olmagan. Tagina yaqinidagi jangda yarador boʻlib, vafot etgan.