TONALLIK (ton soʻzidan) — ladning balandpastlik holati (mas., «Re major» — major ladining «re» tovushidan, «mi minor» — minor ladining «mi» tovushidan boshlanishini belgilaydi);
2) muayyan balandpastlikdagi lad tizimi (lad—T.);
3) tor maʼnoda — garmonik Tonallik, yaʼni majorminor lad tizimini belgilovchi, konsonans akkord asosida qurilgan funksional tizim. 16—19-a. lar kompozitorlik ijodida rivoj topib, 20-a. da Tonallik xususiyatlari murakkablasha borgan, muayyan Tonallikni inkor etuvchi politonal, atonal, musiqa, dodekafoniya kabi ijodiy yoʻnalishlar yuzaga kelgan.