TOLMASOV Mixail Joʻrabekovich (1887, Buxoro —1969.30.3, Samarqand) — maqomchi xonanda, sozanda (tanbur, dutor, doyra). Oʻzbekiston xalq artisti (1936). Ota Jalol Nosirov. Levicha hofiz Boboxonovlardan Shashmaqomning ashula va cholgʻu yoʻllarini oʻrgangan. Ovozi juda yoqimli boʻlib. ashulalarni maqom ijrochiligidagi mumtoz uslubda mahorat bilan aytgan. Turli ansambllar (1920—33), Samarqanddagi mahalliy yahudiylar teatri, Buxoro mahalliy yahudiylar truppasi (1933—38)da xonanda va sozanda, Buxoro viloyati sanʼat boshkarmasi rax,bari (1938—41), Oʻzbek davlat filarmoniyasi krshidagi tojik ashula va raqs ansamblida xonanda, badiiy rahbar (1941—48). Yu. Rajabiy Tolmasov ijrosida «Savti Ushshoq», «Savti Navo», «Moʻgʻulchai Dugoh», «Moʻgʻulchai Segoh» (shoxobchalari bilan) notaga olib, Shashmaqom nashrlarida keltirgan. Tolmasov ijrolari gramplastinkalarga ham yozilgan. Bastakor sifatida «Najot», «Zulmi amir» musiqali komediyalarga kuy bastalagan.