TOLIB MAXSUM MADRASASI

TOLIB MAXSUM MADRASASI — Xivadagi meʼmoriy yodgorlik. Xiva xonining mirzosi Tolib Mahsum mablagʻiga qurilgan (1910). Ustalardan Xudoybergan hoji va Qalandar Kochum qatnashgan. Madrasa toʻgʻri toʻrtburchak tarhli (18,8×16,55 m), atrofida 1 kavatli hujralar joylashgan. Peshtoq sharafasiga silliklangan gʻishtlar 2 qator qilib terilgan, dandanasi yashil rangli koshin bilan bezatilgan. Bosh tarzidagi gumbazli miyonsaroy (darvozaxona) orqali hovliga oʻtiladi. Darsxona va mayejid miyonsaroyning 2 yonida joylashgan. Hovli (10,75×8,0 m) burchaklaridagi xonalarga eshik ochilmagan. Atrofidagi hujralar tomi balxi gumbazli, ularning oldini uncha chuqur boʻlmagan ravoklar egallagan. Hujralarga ravoqpardagi eshiklar orqali kiriladi. Madrasaning darsxonasi oʻrniga chorsi xona (shim. gʻarbiy burchagiga) qurilgan. 1977-y. da taʼmirlangan.