TOLEDO — Ispaniyaning markaziy qismidagi shahar. Tako daryosi boʻyida. Toledo provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 61 ming kishi (2000). Hunarmandchilik (metall buyumlar, korrida uchun anjomlar, keramika, ipak va jun gazlama tayyorlash)ning qad. markazi.
Qadimda Toledo karpetanlarning iberiy qabilasi manzilgohi boʻlgan, mil. av. 2-a. da uni rimliklar egallagan. 6-a. oʻrtalaridan Vestgotlar davlati poytaxti. 1085-y. da Alfons VI tomonidan egallanib Kastiliya va Leon poytaxtiga aylandi. 1479-y. dan birlashgan Ispaniya poytaxti. Arablar qoʻl ostida boʻlgan davrdan boshlab hunarmandchilikning, xususan, sovuq qurollar ishlab chiqarish. va teriga ishlov berish markaziga aylandi. 14 — 15-a. larda movut, ipak matolar, keramika va zargarlik buyumlari ishlab chiqarish. ayniqsa rivojlandi. 16-a. oxiri va 17-a. boshlarida (poytaxt Madridga koʻchirilgach) Toledoning iqtisodiy va siyosiy mavqei pasaydi.
Meʼmoriy yodgorliklardan rim davrida qurilgan sirk krldiklari, akveduk, shahar darvozalari, cherkovlar, ratusha, sobor, koʻpriklar va b. saklangan. 20-a. da Toledo qad. meʼmorlikning milliy qoʻriqxonasi deb eʼlon qilingan. Shahar oʻrta asr qiyofasini saqlab qolgan, zamonaviy qurilishlar qilinmaydi. Turizm rivojlangan.