TOKDOSHLAR

TOKDOSHLAR (Vitaceace) — ikki urugʻpallali oʻsimliklar oilasi. Daraxtsimon, ilashuvchi lianalar. Barglari oddiy, panjasimon murakkab, navbatlashib joilashgan, yonbargchali. Novdasida poyaning oʻzgarishidan hosil boʻlgan gajaklar bor. Tupgullari kichik, roʻvak. Gullari ikki jinsli yoki bir jinsli, mayda, koʻkimtir. Mevasi rezavor yoki juda quruq. Tokdoshlarga 12 turkum, 700 tur kiradi. Koʻpincha subtropik va tropik mamlakatlarda oʻsadi. Muhim iqtisodiy ahamiyatga ega yirik turkumlaridan biri tok (uzum) hisoblanadi (yana q. Tok).