TOK SHILLIQQURTI

TOK SHILLIQQURTI (Helux panatia) — qorinoyoqli mollyuskalar sinfiga mansub umurtqasiz hasharot. Yevropada, Old Osiyo va Shim. Afrikada tarqalgan. Oʻrmon chetlarida, park va butazorlarda yashaydi. Tuproq qatlamida qishlaydi. Barg bilan ovqatlanadi. Tok shilliqqurti Janubiy va Jan. Gʻarbiy Yevropada isteʼmol qilinadi. Koʻpaytirish uchun maxsus fermer xoʻjaliklar tashkil qilingan. Q. x. ekinlariga qisman zarar keltiradi.