TOK BARG OʻROVCHISI

TOK BARG OʻROVCHISI (Polychroses bortana) — barg oʻrovchilar oilasiga mansub kapalak, tokning xavfli zararkunandasi. Qanotlarini yozganda 10—13 mm, oldingi qanotlari chipor, yashilkulrang, sargʻish, koʻkimtirkulrang dogʻlari bor. Gʻarbiy Yevropa, Ukraina, Jan. Kavkaz, Zakavkazye va Oʻrta Osiyoda tarqalgan. 1 yilda 3, Oʻrta Osiyoda 4-marta nayel beradi. Gʻumbagi zang poʻstlogʻi ostida, poya yoriklarida qishlaydi. Kapalagi bahorda shoʻralarga, yezda gʻujumlarga tuxum qoʻyadi. Qurti, asosan, shoʻra, gʻoʻra, gʻujumni zararlaydi. Zararlangan mevalarda kulrang chirish rivojlanadi.

Kurash choralari: kasallikka chidamli navlar ekiladi, tok tuplari ishkom va suriga koʻtariladi, toklarga insektitsidlar bilan ishlov beriladi, eski poʻstloklar olib tashlanadi.