TOJIPOLVON

TOJIPOLVON Aʼloyev (1890 Toshkent — 1964.3.4) — Oʻzbekiston xalq polvoni (1946). Kambagʻal dehqon oilasida tugʻilgan. 14 yoshida paxta zavodida yuk tashuvchi boʻlgan. Fargʻonacha kurash bilan shugʻullangan. Kurash yoʻllarni ustozi Ahmad Polvonsan oʻrgangan. 1919-yili Turkistonda oʻtkazilgan klassik kurash bahsida 1oʻrinni egallagan. 1930-y. dan davlat sirklari markaziy boshqarmasida, 1942-y. dan oʻzbek sirkida oʻz mahoratini namoyish qila boshladi. Keyinchalik «Paxtakor» sport jamiyatida bir necha marta kurash musobaqalarini oʻtkazgan. Koʻplab kurashchi polvonlar tayyorlagan.