TOJIBOYEV Akram Ashurovich

TOJIBOYEV Akram Ashurovich (1944.29.12, Gʻallaorol tumani) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1995). SamDU (1969) va Sirdaryo pedagogika inti (1978)ni tugatgan. 1969-y. dan Payariq, Guliston tumanlaridagi maktablarda ingliz tili oʻqituvchisi, internat maktabda oʻquv boʻlimi mudiri, Payariq tuman xalq taʼlimi boʻlimida usuliyotchi, nazoratchi, 1992-y. dan Chelak tuman xalq taʼlimi boʻlimida usuliyot kabineti mudiri, 1995—97 y. larda 26maktab direktori.