TITAN QOTISHMALAR

TITAN QOTISHMALAR — tarkibida muayyan miqdorda legirlovchi elementlar [alyuminiy A1 (8%), molibden Mo(30%), vanadiy (V 16%), marganes Mp (8%), temir Gʻye (5%) va b. ] boʻlgan titan asosidagi materiallar. Mustahkamligi yuqori, uncha zich emas. Kriogen t-ra (—250°S) dan yuqori (300—600°S) tralarda dengiz suvi va b. yemiruvchi muhitlarda zanglash (korroziya) va yemirilishga turgʻun. Antifriksion (ishqalanishga qarshi) xossalari past boʻlganligi uchun Titan qotishmalardan tayyorlangan detallarning ishqalanuvchi sirtlarini moylab turishga toʻgʻri keladi. Titan qotishmalar samolyotsozlik, raketasozlik, energetika mashinasozligi, kemasozlik, kimyo sanoati va b. sohalarda ishlatiladi.