TIMPAN

TIMPAN — meʼmorlikda peshtoqning uchburchakli tepa qismi. Bino bosh tarziga (deraza va eshik tepasiga) ravoqsimon, uchburchak yoki nayzasimon shaklda ishlangan bezak. Yevropa meʼmorligida Timpan boʻrtma haykal, tasviriy rayem, nishon koʻrinishida amalga oshirilgan. Oʻzbekistonda 50 — 60 y. larda asosan, madaniyat uylari, maktab va b. binolar bosh tarzida Timpandan foydalanilgan (ya na q. Qanos).