TILEVMUROTOV

TILEVMUROTOV Kenjaboy (1929, Qoraqalpogʻiston, Moʻynoq tumani — 1997.17.12, Nukus) — Qoraqalpoq xalq baxshisi (1977). Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (1969). Xoʻjayli shaqridagi ped. bilim yurtini (1948), Nukus ped. intini (1954) tugatgan. Gaz tahririyatlarida adabiy xodim, maxsus muxbir, teatrda aktyor, maktabda oʻqituvchi, direktor (1956—60), 1960-y. dan Oʻzbekiston FA Qoraqalpogʻiston filiali N. Dovqorayev nomidagi Tarix, til va adabiyot intida ilmiy xodim. 1976-y. dan Qoraqalpogʻiston televideniyesi va radiosi qoshidagi «Muxalles» dutorchilar ansambliga rahbar.

Tilevmurotov baxshilik sirlarini erta oʻrgangan. Unga otasi Tilevmurot baxshi ustozlik qilgan. Kenjaboy baxshi otasidan «Yusuf Ahmad», «Xirmondali», «Sayodxon va Hamro» kabi dostonlarni, koʻplab xalq qoʻshiqlarini oʻrgangan. Xalq doston, terma va qoʻshikdariga oʻziga xos yoʻnalishda kuy bastalagan. Uning musiqiy repertuarida sof cholgʻu kuylari bilan bir qatorda, aytim (norma) kuylarining cholgʻu variantlari ham oʻrin egallagan. Moskva, Toshkent, Olmaota, Ashxobod, Ufa kabi shaharlarda oʻtkazilgan folklor festivallari hamda adabiyot va sanʼat dekadalarida ishtirok etgan. Berdaq nomidagi Qoraqalpogʻiston Davlat mukofoti laureati (1986).

Nasriddin Mamanazarov.