TIL

TIL — 1) kishilar oʻrtasida, jamiyatda aloqa va oʻzaro fikr almashishning muhim vositasi; tilshunoslikning asosiy oʻrganish obyekti; borlikdagi narsa, hodisalarga va ularni ongda aks ettirishga xizmat qiladigan, nutq aʼzolari tomonidan aslidagiday tiklanadigan va muayyan jamiyat doirasida hammaga maʼlum va maqbul boʻlgan tovush belgilari majmui, shuningdek, ushbu belgilarning fikr ifodalash jarayonida birga qoʻshilishi, birikishi haqidagi qoidalar toʻplami. Til — ijtimoiy hodisa, kishilar, jamoalar oʻrtasidagi eng muhim aloqa vositasi ekanligi asrlar mobaynida Sharq va Gʻarb olimu shoirlari, mutafakkirlari tomonidan taʼkidlab kelinadi.

Til konkret nutq hodisalari (ayrim gaplar, hikoyalar, bir necha kishining suhbati va shu kabi), jumladan, ogʻzaki yoki mexanik usudda takrorlanadigan va yozuv orqali qayd etiladigan nutq hodisalarida mavjud boʻladi. Koʻplab nutq hodisalarining struktur xususiyatlarini taxlil qilish, qiyoslash va umumlashtirish muayyan tilda mavjud boʻlgan elementlar va ular oʻrtasidagi munosabatlar majmuini yaxlit murakkab belgi tizimi sifatida anglash va tavsiflash imkonini beradi. Hoz. davrda turli millat, elat va qabilalarga tegishli 2500 dan 5000 tagacha (baʼzi manbalarda 3000—7000 oraligʻida) jonli til borligi maʼlum (q. Jahon tillari). Ularning har birida barcha tillar uchun umumiy boʻlgan baʼzi universal struktur xususiyatlar koʻzga tashlanadi. Lisoniy tizim nuqtayi nazaridan Tilning bunday universal xususiyatlari sifatida barqarorlashgan koʻplab til belgilari — soʻzlarning va ulardan foydalanish boʻyicha umumiy (grammatik) qoidalarning mavjudligi; soʻzlar tarkibida Tilning eng qisqa (kichik) tovush birliklari — fonemalarnint ajratilishi kabilarni koʻrsatish mumkin. Ayrim olingan soʻz doirasida fonemalar bir yoki bir necha boʻgʻinga birlashadi. Tilning kamroq umumiy bulgan struktur xususiyati alohida soʻzlar doirasida yanada kichikroq fonetiksemantik qismlar — morfemalarning ajralishidir. Nutq jarayonida har qanday nutq hodisasining gaplar tashkil etishi har qanday tovush Til ining universal xususiyati hisoblanadi. Umumiy xususiyatlar doirasida turli xil Til larda ularni tashkil etuvchi elementlarning cheksiz variantlashuvi va bu elementlarning nutq jarayonidagi oʻzaro munosabati kuzatiladi (q. Grammatika, Semasiologiya, Sintaksis, Leksika).

Til mehnat va ijtimoiy ong bilan birgalikda bir-biriga oʻzaro bogʻliq boʻlgan, insonni hayvondan farklovchi 3 ta eng muxim xossalardan birini tashkil etadi. Ushbu hossalar ichida mehnat muhim ahamiyatga ega boʻlib, u jamiyat mavjudligining moddiy asosi hisoblanadi.

Tilning tafakkur, ijtimoiy ong bilan aloqasi nihoyatda uzviy, chambarchasdir. Til belgilari — soʻzlar, soʻz birikmalari va gaplar — moddiy shakllar boʻlib, ularda ongning ideal mahsullari — aniq tasavvurlardan tortib eng mavhum va umumlashtiruvchi tushunchalar yoki hukmlargacha obyektiv tarzda oʻz aksini topadi. Shunday kilib, Til nafaqat fikrni ifodalash yoki fikr almashish vositasi, balki ijtimoiy ongda fikrlarni shakllantirish va mustahkamlash vositasi ham hisoblanadi. Til — jamiyat boyligi, u jamiyat aʼzolarining oʻzaro aloqasini amalga oshiradi, insonning moddiy va maʼnaviy turmushida roʻy beradigan barcha voqeahodisalar haqidagi bilimlarni jamlaydi va ulardan xabardor qiladi; T. ayni maʼnoda asrlar mobaynida shakllanadi va mavjud boʻladi. Tafakkur T. ga Karaganda birmuncha tezroq rivojlanadi va yangilanadi, leki n T. siz tafakkurni tasavvur etib boʻlmaydi: T. da ifodalanmagan fikr noaniq, tushunarsiz bir narsa boʻlib, insonga borliq voqeahodisalarini anglab yetishida, fanni rivojlantirish va takomillashtirishida yordam bera olmaydi. Tafakkur Til siz mavjud boʻlmas ekan, Til ham tafakkursiz yashay olmaydi. Biz oʻylab turib gapiramiz va yozamiz, oʻz fikrlarimizni Tilda aniqroq va tushunarliroq bayon etishga harakat qilamiz. Demak, fikrlar Til negizida paydo boʻladi va unda mustaxkamlanadi; T. bilan tafakkur bir butunlikni tashkil etadi.

Tilning, dastlabki Tilning paydo boʻlishi masalasi insoniyatni qad. zamonlardan beri qiziqtirib keladi. Qad. davrlardan boshlab Tilning kelib chiqishi haqida koʻplab nazariyalar, taʼlimotlar paydo boʻldi. Lekin bu nazariya va taʼlimotlar Tilning kelib chiqish masalasini hanuzgacha uzilkesil hal qilib bera olgani yoʻq.

Qayd etilganidek, jahon Til lari oʻz grammatik qurilishi, lugʻat boyligi va b. jihatidan bir-biridan farq qiladi, lekin shu bilan birga ular barcha tillar uchun mushtarak boʻlgan umumiy qonuniyatlar asosida rivojlanadi. Til davr bilan, zamon bilan hamohang ravishda oʻzgarib boradi (oʻzbek Til ining qad. turkiy Til davri bilan hoz. koʻrinishi chogʻishtirilsa, bunday oʻzgarishlar qay darajada boʻlganligi yaqqol seziladi) va baʼzan, turli ijtimoiysiyosiy oʻzgarishlar oqibatida, muomaladan chiqib ketishi ham mumkin. Mas., oʻtmishda jahon madaniyati rivojiga katta hissa qoʻshgan feklar va rimliklar soʻzlashgan qad. grek va lotin Tillari davrlar utishi bilan muomaladan chiqib, ulik Tlarga aylanib qolgan.

Til dagi uzgarishlar tabiati xamda Til taraqqiyotidagi yoʻnalishlar 2 ta boshqa boshqa omil — jamiyat hayotidagi tarixiy oʻzgarishlar xamda Til taraqqiyotining muayyan bosqichida uning strukturasidagi konkret xususiyatlar bilan belgilanadi. Til tarixining jamiyat tarixi bilan aloqadorligi tilning ichki strukturasi oʻzgarishlarida (asosan, leksika va frazeologiya sohasida), shuningdek, muayyan Tilning tarkalish miqyoslari oʻzgarishida (jumladan, uning funksional uslublari taraqqiyotida) va uning laxjalarga boʻlinishi (differensiatsiyasi) darajasida namoyon boʻladi. Fonetika va morfologiya sohalaridagi oʻzgarishlar ijtimoiy hayot voqeahodisalari bilan bevosita bogʻliq emas. Til strukturasining jiddiy oʻzgarishlari Til larning oʻzaro taʼsirlashuvi jarayonlariga bogʻliq boʻladi. Jamiyat tarixiy taraqkiyotining turli bosqichlarida Til larning lahjaviy farqlanishi darajasidagi tafovutlar Til tarixining jamiyat tarixi bilan aloqadorligini belgilovchi xususiyat xisoblanadi. Jamiyatning ayrim hududiy kismlarga iktisodiy va siyosiy parchalanishi jarayonlari iktisodiy va siyosiy birlashish jarayonlaridan ustun boʻlganda, yaxlit, bir butun Tillar hududiy laxjalarga boʻlinib ketadi. Aksincha, jamiyatning iqtisodiy, siyosiy birlashish jarayonlari hududiy parchalanish jarayonlaridan ustunlik qilgan davrlarda, laxjaviy differensiatsiya bilan bir qatorda, adabiyotda adabiy til sifatida mustahkamlanib qoluvchi yagona umumxalq Til ini yaratishga imkon paydo boʻladi. Umumxalq milliy Tilning shakllanishi tegishli millatning shakllanishi davrida roʻy beradi (yana q. Sunʼiy tillar, Nutq, Tilshunoslik, Adabiy til, Milliy til);

2) har qanday belgi tizimi, mas., imoishora Tili, maxsus ramzlar qoʻllanadigan matematika T. i, kino Tili va b. ;

3) aynan uslubning oʻzi (roman T. i, gazeta T. i).

Ad.: Usmonov S, Umumiy tilshunoslik, Til, 1972; Budagov R. A., Chelovek i yego yazыk, M., 1974; Berezin F. M., Golovin B. N., Obщyee yazыkoznaniye, M., 1979; Reformatskiy A. A., Vvedeniye v yazыkovedeniye, M., 1998.

Abduvahob Madvaliyev.