TIGRANAKERT

TIGRANAKERT (Tigrana) kad. arman shahri. Van koʻlining jan. gʻarbiy sohilida (hoz. Turkiya hududi) joylashgan. Mil. av. 77 y. Tigran II tomonidan asos solingan. Mil. av. 69 y. rimliklar tomonidan vayron qilingan. Mil. 6-a. da yunoncha Maritropol degan nomi boʻlgan. 7—8-a. larda arablar tomonidan Mayofarikin deb atalgan.