TEXNIKA XIZMATI KOʻRSATISH

TEXNIKA XIZMATI KOʻRSATISH — texnik obyektlar (avtomobillar, texnologik agregatlar va b.) dan foydalanish jarayonida amalga oshiriladigan texnikaviy va tashkiliy tadbirlar majmui. Obyektlarning meʼyordagi samaradorlik bilan ishlashini taʼminlash maqsadida amalga oshiriladi. Barcha mavjud texnika vositalari Texnika xizmati koʻrsatishni talab qiladi. Ishlab (yoki yurib) turgan texnika vositalari ham, sak,lab turilganlari ham, sak,lash yoki tashib keltirishdan keyin ishga tayyorlanadigan vositalar xam Texnika xizmati koʻrsatishga muhtoj boʻladi. Murakkab texnika obyektlari (mashinalar, stanoklar va b.) uchun yagona Texnika xizmati koʻrsatish meʼyorlari belgilab qoʻyiladi. Bular Texnika xizmati koʻrsatish tizimini hosil qiladi va texnik hujjatlarda oʻz aksini topadi. Texnika xizmati koʻrsatish tizimini shartli ravishda oldini olish (profilaktika) va tiklash (tuzatish, taʼmirlash) kabi turlarga ajratish mumkin. Texnika xizmati koʻrsatishga doyr tadbirlar maxsus jihozlangan ustaxonalar (T. x. k. styalari) da ham, obyekt (agregat, stanok) oʻrnatilgan joyning oʻzida ham bajarilishi mumkin. Ikkala holda ham zarur qurol va asboblar, materiallar, nazoratoʻlchash asboblari, diagnostika apparatlari (q. Texnik diagnostika), malakali mutaxassislar [chilangarlar, elektr ustalari, dvigatel tuzatuvchilar, payvandlovchilar, vulkanizatsiya kiluvchi (balon yamovchi)lar va b. ] boʻlishi talab kilinadi. Texnika xizmati koʻrsatish toʻgʻri tashkil qilinsa, obyektdan foydalanish harajatlari kamayadi, uning texnik imkoniyatlari oshadi, xizmat muddati uzayadi.