TETRIL

TETRIL, 2, 4, 6trinitrofenilmetilnitramin C7H5N5Og — oq kristall modda; yorugʻda sargʻayadi. Mol. m. 287,15. Suyuqlanish trasi 129,45° (parchalanish bilan), qotish trasi 128,5°; zichligi 1730 kg/m3, suvda erimaydi. Aseton, benzol, dixloretan nitrat kislotada yaxshi, spirt va efirda qiyin eriydi, ikkilamchi portlovchi modda. Tetril oltingugurtli eritmalarni nitrolab olinadi. Detonatorlar — kapsulalar va portlatgichlarda ishlatiladi.