TERMOS

TERMOS (yun. thermos — issiq, qaynok) — ichiga solingan mahsulot trasini birday saklaydigan qoʻsh devorli idish. Roʻzgʻor va umumiy ovqatlanish T. lari boʻladi. Roʻzgʻor Termosi — metall yoki plastmassa qobiq ichiga joylashtirilgan shisha idish. Tor va keng boʻgʻizli qilib ishlab chiqariladi; tiqin va burama qopqoq bilan berkitiladi. Sigʻimi 0,25 — 3 l. Umumiy ovqatlanish T. ida oziq-ovqat mahsulotlari saqlanadi va tashiladi (sigʻimi 30 l gacha). Issiq somsa, muzqaymoq va b. shu kabi mahsulotlar chakana savdosida qajmi 10 l gacha boʻlgan termolotoklardan foydalaniladi. Bunday Termos alyuminiydan tayyorlanib, devorlari orasi buklama qogʻoz, zar qogʻoz va b. materiallar bilan toʻldiriladi. Ogʻzi qoʻsh devorli qopqoq bilan berkitiladi.