TERMOPARA

TERMOPARA — t-ra datchigi. Har xil jinsli oʻzaro ulangan elektr oʻtkazuvchi 2 element (odatda, metall yoki yarimutkazgich)dan iborat. Ishi Zeyebek effektita asoslangan. Oʻtkazgich elementlarining kontaktlari (odatda, kavshar choki) turli trada boʻlsa, Termopara zanjirida termoelektr yurituvchi kuch (e. yu. k.) vujudga keladi, bu e. yu. k. ning kattaligi «issiq» va «sovuq» kontakt lar trasi farqiga hamda termoelektrodlar sifatida ishlatilgan materiallarning tabiatiga bogʻliq boʻladi. Termopara bilan 4 K dan 3800 K gacha oraliqdagi tralar aniklanadi.