TERMIZ ARXEOLOGIK KOMPLEKS EKSPEDITSIYASI

TERMIZ ARXEOLOGIK KOMPLEKS EKSPEDITSIYASI — Termiz sh. va atrofining tarixiy davrlarini belgilash hamda arxeologik materiallar toʻplash maqsadida Oʻrta Osiyoda birinchi marta tashkil etilgan ilmiy ekspeditsiya (1936—38). I. t. ishlariga M. Ye. Massoy rahbarlik qilgan. Ekspeditsiyaga Oʻzbekiston qad. va sanʼat yodgorliklarini muhofaza qilish qoʻmitasi (Uzkomstaris), Leningrad davlat ermitaji, Moskva dinga qarshi kurash Markaziy muzeyi, Samarkand va Termiz tarix muzeylari xodimlaridan iborat bir necha guruh (otryad) tuzilgan. A. P. Okladnikov rahbarligidagi guruh Teshiktosh gʻoridesh mustye davriga oid bolaning skeleti qoldikdarini topib, dunyo ahamiyatiga molik kashfiyot qildi. Termiz sh. ning tarixiy topografiyasi tuzildi. Chingiztepa va Qoratepa qad. budda ibodatxonasi ochildi; Antik davr frizlari topildi; Ayritom xarobasida arxeologik tadqiqotlar olib borildi; Termizshohlar saroyinkt xarobalarini oʻrganish ishlari keng yoʻlga qoʻyildi. Termiz va uning atrof rnlarining sugorish tarixi bilan bogʻliq holda oʻrta asr meʼmoriy yodgorliklari ham oʻrganildi. Mil. av. 1-a. va mil 1-a. ga oid sopol buyumlarning kompleks sanʼat namunalari topildi va Kushon podsholigi tarixini oʻrganishga jiddiy qadam qoʻyildi. Oʻzbekistonda birinchi marta tosh idishga bitilgan kxaroshti hind yozuvining namunasi topildi. Bu arxeologik topilmalar, asosan, Oʻrta Osiyoda quldorlik jamiyatining paydo boʻlish, rivoji va tushkunlikka yuz tutish davrlarini belgilab berishda katta rol oʻynadi. Umuman ekspeditsiyaning faoliyati Termiz va uning atrof rnlarini oʻrganish bilan cheklanibgina qolmay, balki Oʻrta Osiyo tarixini arxeologik jihatdan tadqiq etish hamda davrlashtirishda ilmiy ahamiyatga ega.