TERGOV

TERGOV — jinoyat protsessida jinoiy ish boʻyicha dalillar yigʻish va tekshirish. Tergov turlari: dastlabki tergov va sud tergovi. T. faoliyatini 3 xil yoʻnalishdagi: prokuratura, militsiya va milliy xavfsizlik tergovchilari olib boradilar. Ular Tergov va protsessual harakatlarni mustaqil amalga oshiradilar. Asosiy vazifalari jinoyatlarni tez va toʻla ochish, jinoyat sodir etgan shaxsni fosh etish, aybi boʻlmagan shaxsni jinoiy javobgarlikka tortmaslikdan iborat. Tergovchi va uning vakolatlari Oʻzbekiston Respublikasi JPKda bayon qilingan (35, 36moddalar).