TEPKI

TEPKI — oʻtkir virusli kasallik, asosan, bolalarda uchraydi. Quloq oldi bezlari zararlanadi. Tepki havo orqali bemorning soʻlak tomchilaridan yuqadi (yana q. Parotit).