TENNESSI

TENNESSI — AQSHning jan. qismidagi shtat. Mayd. 109,1 mingkm2. Aholisi 5,8 mln. kishi (2002), 61 % shaharlarda yashaydi. Maʼmuriy markazi — Nashvill sh., boshqa yirik shaqarlari: Memfis, Noksvill, Chattanuga.

Tennessi hududining katta qismi sertepa platodan iborat, gʻarbiy qismi pasttekislik, sharqida Appalachi togʻlari bor. Iklimi subtropik, kontinental iklim. Yanv. ning oʻrtacha trasi 3—5°, iyulniki 25°, yillik yogʻin 1100 — 1200 mm. Yirik daryolari — Tennessi va Kamberlend; ularda kema qatnaydi.

Tennessi — mamlakatning industrialagrar shtati. Yirik elektr styalar komplekslari qurilgan. Yetakchi sanoat tarmoqlari: kimyo, atom, rangli metallurgiya. Elektrotexnika, qishloq xoʻjaligi. mashinasozligi, avtomobilsozlik, yogʻochsozlik, toʻqimachilik, oziq-ovqat, poligrafiya sanoati korxonalari bor. Foydali kazilmalardan toshkoʻmir, fosforit, rux, marmar qazib chiqariladi. Q. x. da chorvachilik yetakchi oʻrinda. Dehqonchilikda, asosan, soya, tamaki, shuningdek, makkajoʻxori, bugʻdoy, paxta, yemxashak ekinlari ekiladi. Togʻli qismida bogʻdorchilik rivojlangan. Asosiy porti — Memfis.