TEMUR MALIK (12-a. oxiri 13-a. ning 1yarmi) — xorazmshoh Muhammad hukmronligi davrida Xoʻjand hokimi, Jaloliddin Manguberdining yaqin safdoshi, moʻgʻullar istilosiga qarshi kurash olib borgan sarkarda, xalq qaxramoni, 1219-y. ning dek. da 3 kunlik jangdan keyin Banokatnn egallagan Aloq noʻyon boshliq 5 ming kishilik moʻgʻul qoʻshini Xoʻjandni qamal qilishga kirishadi. Temur Malik ilgariroq har ehtimolga qarshi Sirdaryo oʻrtasidagi orolda, suv 2 shoxga boʻlinib oqadigan joyda, bir mustahkam qalʼa qurdirib qoʻygan edi. Moʻgʻul qoʻshini son va qurolaslaha jihatdan ustun boʻlgani bois shaharni mudofaa qilish qiyinlashadi. Natijada, Temur Malik 1000 kishilik otryadi bilan 1220-y. ning apr. da orolga koʻchib oʻtadi va tezlikda qalʼani jangga tayyorlashga kirishadi. Shahar va qalʼa atrofini dushman halqa qilib oʻrab oladi. Manjaniqaan otilgan toshlar orolga yetmagandan soʻng moʻgullar xoʻjandlik yoshlar va ilgari olingan asirlardan hashar tarzida foydalanishga qaror qiladilar. Taxm. 50 ming hasharchi tevarakatrofdan tosh, shoxshabba va xashak keltirib daryoga tashlaydi, moʻgʻullarning 20 ming kishilik qoʻshini esa jangga kirishadi. Temur Malik usti namat hamda sirkali loy bilan suvalgan, oʻq otish uchun darichalari bor kemalar yasatadi. Kunda tongda har ikki tomonga 6 tadan kemada suzib kelib, yovga qirgʻin keltiradi. Oxir oqibat vaziyat tanglashgach, Temur Malik orolni tashlab ketishga majbur boʻladi. U qolgan askarlari va yuklari ortilgan 70 qayikda Sirdaryoning quyi oqimi boʻylab suzib ketadi. Barchinligʻkent (Qiziloʻrdadan taxm. 50 km jan. da boʻlgan) yaqinida moʻgʻullar daryoni toʻsib qoʻyadilar. Temur Malik qirgʻoqqa tushib, dushman bilan jang qiladi. Koʻp talafot berib, yolgʻiz oʻzi Kizilqum choʻli orqali 1220-y. ning yozida Xorazmga yetib keladi. Askar toʻplab Joʻjixon qoʻshiniga kuchli zarba beradi. Kasba (Yangikent) sh. ni moʻgʻullardan ozod qiladi. Ammo, saltanatda yuzaga kelgan mushkul siyosiy vaziyat tufayli Xorazmni tark etadi. Temur Malik 1221—32 y. lar davomida Sulton Jaloliddin bilan birgalikda moʻgʻullarga qarshi kurash olib boradi. Jaloliddin halokatidan keyin oʻz yurtiga qaytadi. Maʼlum vaqtdan soʻng Temur Malik moʻgʻullar tomonidan qoʻlga olinadi va qatl qilinadi.
Temur Malik jasorati haqida Mirmuhsin «Temur Malik» romani (1986)ni yozgan. Ashrafiy «Temur Malik» nomli simfonik poema (1963) yaratgan va Navoiy teatriyaa uning «Temur Malik» baleti (1970) qoʻyilgan. Toshkent sh. dagi shoh koʻchalarning biriga Temur Malik nomi berilgan.
Ad.:Rashidad-Din, Sbornik letopisey, t.1, kniga 2, [Perevod s pers. yaz. O. I. Smirnovoy], M. —L., 1952; Bartold V. V., Sochineniya, t.1, M., 1963; Mirzo Ulugʻbek, Toʻrt ulus tarixi, Temur malik, 1994.
Hamidulla Dadaboyev.