TEMIRCHAKLAR

TEMIRCHAKLAR (Tettigonioidea) toʻgʻri qanotli hasharotlar turkumi katta oilasi, 7 mingga yaqin turi maʼlum. Oʻzbekistonda 100 dan ortiq turi uchraydi. Orqa oyoqlari sakrovchi. Koʻpchiligi (asosan, erkagi)ning oldingi qanotida ovoz chiqaruvchi organi bor. Issiq va iliq iqlimli mamlakatlarda tarqalgan. Eshitish organi oldingi oyogʻining boldir qismida joylashgan. Tuxum qoʻygichi qilichsimon, uzun. T. oʻsimlikxoʻr, shuningdek, yirtqichlari ham bor. Oʻrmon chetlari, butazorlar, gʻorlar, toshlar ostida va b. joylarda yashaydi. Tuxumi qishlaydi; bahorda tuxumdan lichinka rivojlanadi. Lichinka 1—2 oy mobaynida 5—8-marta pust tashlab taraqqiy etadi. Hayot sikli bir yoki bir necha yil (dshpauza hisobiga) davom etadi. Baʼzi Temirchaklar (yashil Temirchaklar va kulrang Temirchaklar) qurgʻoqchilik yillari ekinlar (gʻalla, tokzorlar)ga ziyon keltiradi.