TEMIR QOZIQ

TEMIR QOZIQ, Oltin qoziq, Qutb yulduzi — Kichik Ayiq yulduz turkumining eng ravshan yulduzi. Yer osmonida Shim. qutbga eng yaqin joylashgan yulduz boʻlib, qutbgacha taxm. G Mb masofada joylashgan. Osmondagi barcha yulduzlar Shim. qutb atrofida sharkdan gʻarbga tomon koʻrinma harakatlanib (Yer oʻz oʻqi atrofida gʻarbdan sharqqa tomon aylanishi tufayli), qutb atrofida konsentrik aylanalar chizadi. Temir qoziq yulduzi qutbga juda yaqin boʻlganidan yulduzlar goʻyo uni atrofida aylanganidek va bunda u qoʻzgʻalmay turgandek tuyuladi. Shu bois unga Temir qoziq (Oltin qoziq, Qutb yulduzi) deb nom berilgan. Temir qoziqni Katta Ayiq (Yetti Qaroqchi) yulduz turkumi «choʻmichi» orqali oson topish mumkin.

Buning uchun «barkash»ning oxirgi 2 yulduzi orqali toʻgʻri chiziq tortilib, «barkash»ning ogʻzi tomoniga bu 2 yulduz orasidagi yey oʻlchamidan 5 ta qoʻyilganda aynan Temir qoziq yulduziga taqaladi. Temir qoziq yulduzining rangi sargʻish; trasi Quyosh trasvdan ancha yuqori (7000°); diametri Quyoshdan 120-marta katta. Uning nurlanish quvvati Quyoshnikidan 10000-marta ortiq. Temir qoziq hajmi oʻzgaruvchi (pulsatsiyalanuvchi) yulduzlar turkumiga kiradi. Bunda uning trasi spektri va ravshanligi ham bir oz oʻzgaradi. Yulduz kattaligi ravshanligining maksimumida 2,1 minimumida 0,3 ga chiqadi. Undan chiqqan nur Yergacha 472 yidda yetib keladi. 1779-y. da V. Gershel uning yoʻldoshyulduzini ochgan.