TELEMEXANIKA

TELEMEXANIKA (tele… vo mexanika) — 1) axborot (signal) larni masofadan turib boshqarish va nazorat qilish maqsadida ularni uzatish xdmda qabul qilish usullarini va texnika vositalarini ishlab chiqish bilan shugʻullanadigan fan. T. fan va texnikaning axborotlarni masofadan turib uzatish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa sohalari (telefon, telegraf, televideniye va b.)dan axborotlarning juda anikligi (0,1%gacha), T. kurilmalarini avtomatlashtirish darajasining yuqoriligi, axborotlarni ishlab chiqishning markazlashtirilishi va b. omillar bilan farq qiladi. Telemexanikaning boshqarish va nazorat qilish obyektlari — texnologik jarayonlar, mashinalar, qurilmalar, biologik tizimlar va b. ;

2) axborotlarni kodlash, ularni simli aloqa va radioaloqa kanallari boʻyicha uzatish vositalarini ishlab chiqish, yaratish va ulardan foydalanish bilan shugʻullanadigan texnika boʻlimi. Telemexanika tizimlarida axborotlar, odatda, bir aloqa kanali boʻyicha uzatiladi. Telemexanika vositalari gaz va neft quvurlari, atom elektr styalari, baʼzi kimyoviy korxonalar, avtomatik meteorologiya styalari va b. da teleoʻlchash va teleboshqarish uchun qoʻllanadi (q. Telemetriya, Telemexanika tizimi).