TVER VILOYATI — RF tarkibidagi viloyat. 1935-y. 29 yanv. da tashkil qilingan. Mayd. 84,1 ming km2. Axoliyey 1472,0 ming kishi (2002), asosan, ruslar (94%), shuningdek, ukrain, karel, belorus va b. millat vakillari ham yashaydi. Shahar aholisi 73,1%. Markazi — Tver sh. Boshqa yirik shaharlari: Rjev, Vishniy Volochyok, 36 maʼmuriy tuman, 23 shahar va 33 shaharchadan iborat.
Tver viloyati Sharqiy Yevropa tekisligining markaziy qismida, Volganing yuqori havzasi suvayirgʻichida joylashgan. Gʻarbiy qismida Valday qirlari (bal. 346 m gacha), jan. gʻarbda Gʻarbiy Dvina pastligi. Sharqiy qismi tekislik, jan. sharqi Volga boʻyi pastligi.
Foydali qazilmalardan qoʻngʻir koʻmir, torf, shishasimon qum, ohaktosh, dolomit, mineral oʻgʻitlar bor: shifobaxsh mineral buloklar mavjud. Iklimi moʻtadil kontinental. Yanv. ning oʻrtacha trasi —9°, iyulniki 17°. Yillik yogʻin 650 mm. Vegetatsiya davri 190 kunga yaqin. Daryolari: Volga hamda uning irmoklari: Selijarovka, Tversa, Medveditsa, Mologa va gʻarbda Gʻarbiy Dvina, shim. da Msta. 500 dan ziyod koʻl, shu jumladan, Seliger, Volgo, Peno, Vselug, Sterj; Ivankovskoye, Uglichskoye, Ribinskoye, Vishnevoloskoye suv omborlari bor. Tuproklari podzol, chimlipodzol, gleylipodzol. Oʻrmon viloyat hududining 50%ni, oʻtlokdar katta maydonni egallaydi, 9% maydoni botqoqlik. Bugʻu, yevropa yeligi, qoʻngʻir ayiq, boʻri, tulki, qur, karqur, chil, kaklik, yovvoyi oʻrdak va b. yashaydi. Baliq koʻp. Markaziy oʻrmon qoʻriqxonasi bor.
Sanoatining asosiy tarmoqlari: elektr energetika (eng yirik elektr styalari: Konakov issiklik elektr stya. si, Kalinin AES), yoqilgʻi va qora metallurgiya sanoati, mashinasozlik (Rossiyadagi yoʻlovchi tashuvchi vagonlarning 73%, ekskavatorlarining 48%, hamda yuk vagonlari, daryo kemalari, dastgohlar, minorali kranlar, temirchilikpress mashinalari, sanoat asbobuskunalari, zigʻir oʻrish texnikasi), metallsozlik va toʻqimachilik (asosan, ipgazlama hamda ipak va jun matolar). Kime va neft kimyosi (kimyo tolasi, plastik shisha va shisha tola, poligrafik boʻyoqlar, sunʼiy charm, rezina texnika mahsulotlari), oʻrmon va yogochsozlik, tikuvchilik, sellyulozaqogʻoz, koʻnpoyabzal, shisha (Rossiya oynashisha ishlab chiqarish. ning 6%), qurilish materiallari va chinnifayans, poligrafik tarmoqdari rivojlangan. Eng yirik korxonalari: vagonsozlik va ekskavator zdlari (Tver), «SAVMA» mashinasozlik zdi, stanoklar ishlab chiqarish (Kimri), «Fayans» (Konakovo), minorali kranlar (Rjev), «Gidropress» (Nelidovo), «Bejeskselmash», «Tver manufaktura», «Ximvolokno», «Iskoj» (Tver) ktlari, Kalinin AES, Novotveres va Konakov GESlari. Qoʻngʻir kumir, torf qazib olinadi. Bosh sanoat markazlari — Tver, Nelidovo, Vishniy Volochek, Rjev, Bejesk, Torjok, Konakovo.
Q. x. ning yetakchi tarmogʻi — chorvachilik, asosan, sut va goʻsht chorvachiligi; choʻchqachilik, qoʻychilik, echkichilik, parrandachilik rivojlangan, Zigʻir, kartoshka, sabzavot (karam, sabzi, lavlagi) yetishtiriladi. Don (suli, tariq, bugʻdoy) va ozuqa ekinlari ekiladi. Volga daryosi va Seliger koʻlida kema qatnaydi. Tver viloyati uzunligi 1790 km. Kattiq qoplamali avtomobil yoʻllar uz. 14992 km. Tver viloyatida xalqaro «Migalovo» aeroporti bor. 5 ta oliy oʻquv yurti, 3 teatr, kartinalar galereyasi mavjud.
44 sanatoriy va dam olish muassasasi, shu jumladan, Kashin balneologik kurorti bor. Viloyat hududida biosfera qoʻriqxonasi, «Vasilyovo» meʼmoriyetnofafik muzeyi va b. muzeylar, «Tver viloyatining Pushkin joylari» tarixiytabiiy buyurtma hududi joylashgan.