TBILISI AMIRLIGI

TBILISI AMIRLIGI — Gruziyada oʻrta asrlarda musulmon amirlari boshqargan davlat. 8-a. ning 30y. larida Sharkiy Gruziyada oʻrnashib olgan arablar, qarorgohi Tbilisi boʻlgan amirlik barpo etganlar. Dastlab amirga Sharqiy Gruziyaning barcha hududi tobe boʻlgan, lekin keyinchalik gruzin xalqining kurashi oqibatida Tbilisi amirligi hududi qisqargan. 9-a. boshiga kelib amir qoʻl ostida faqat Kartlining oʻzi qolgan, 11-a. da esa, Tbilisi sh. va uning atrofidagi tumanlar amirlikka tobe boʻlgan, xolos. 9-a. boshida amirlar Xalifalikdan ajralib mustaqil boʻlish uchun kurash boshlashgan. 9-a. ning 80y. larida ular bunga erishganlar va 11-a. oxiriga qadar mustaqilliklarini saqlab qolganlar. 9—10-a. larda Tbilisi amirligi ilk urta asr gruzin davlatlarining gruzin yerlarini birlashtirish uchun olib borgan kurashlarida ishtirok etgan. 11-a. ning 30y. larida Tbilisidagi hrkimiyat shahar zodagonlari qoʻliga oʻtgan, 1122-y. shaharni shoh David Binokor boshchiligidagi gruzin qoʻshinlari egallagan va Tbilisi birlashgan Gruziyaning poytaxtiga aylangan.