TAQRIZ (arab. — ijobiy baho) — adabiy tanqid janri; yangi badiiy, ilmiy yoki ilmiyommabop asar taxlili. Taqrizda asarning bibliografik tavsifi, shuningdek, mazmuni, unda koʻtarilgan muammolar, asarning gʻoyaviybadiiy xususiyatlari, muallif ijotsida, adabiyotda tutgan oʻrni xaqida maʼlumot boʻladi; asarga baho beriladi, uning asosiy fazilatlari va nuqsonlari qayd qilinadi. Taqriz asosan keng kitobxonlar ommasi uchun moʻljallanadi, ularni yangi asarlardan ogoh qiladi, zarurini tanlab olishga koʻmaklashadi. Ichki Taqriz ham boʻladi. Mac, nashriyotga kelgan badiiy, tanqidiy va ilmiyommabop asar ichki Taqrizga beriladi, birok, bu Taqriz matbuotda eʼlon qilinmaydi.
Rus tanqidchiligi tarixida Taqrizning rivojida V. G. Belinskiyning roli katta. U T. ni haqiqiy sanʼat darajasiga koʻtardi. Taqriz badiiy asar haqida shunchaki maʼlumot beruvchi janr darajasidan adabiy hayotning muhim masalalarini koʻtaruvchi, kitobxonni hayot va adabiyot haqida oʻylashga oʻrgatuvchi, uning estetik didini tarbiyalashga yordam beruvchi janrga aylanadi. Taqriz xarakteriga koʻra xilmaxil boʻladi. Mac, kengaytirilgan annotatsiya tipidagi Taqrizda asar haqida bibliografik maʼlumot beriladi. Tanqidiy yoki publitsistik maketa Taqriz larida konkret asar munosabati bilan biron muhim masala haqida fikr yuritiladi. Esse (adabiy oʻylar) xarakteridagi Taqrizda taqrizchi oʻz fikrtuygʻularini, asarni oʻqish jarayonida hosil boʻlgan taassurotlarini lirik tarzda ifodalaydi. Nihoyat, muallif oʻz asariga ham Taqriz yozishi mumkin (avtotaqriz). Bunda muallifning asarga qarashlari bayon qilinadi yoki u biron munosabat bilan munozaraga kirishadi.
Oʻzbek adabiyotida Taqriz 20-a. boshlarida vaqtli matbuot bilan teng rivojlana boshlagan. Endilikda Taqriz oʻzbek adabiy tanqidchiligining eng muhim janrlaridan boʻlib qoldi. Oybek, Abdulla Qahhor, Shayxzoda, Gʻafur Gʻulom kabi yozuvchilar, O. Hoshimov, S. Husayn, Olim Sharafiddinov, V. Zohidov, I. Sultonov, H. Yoqubov, M. Qoʻshjonov, Ozod Sharafiddinov, U. Normatov, N. Xudoyberganov, I. Haqqulov va b. olimlar oʻzbek adabiy hayotida chuqur iz qoldirgan Taqrizlar yaratdilar.
Ozod Sharafiddinov.