TAʼRIX

TAʼRIX (arab. — yuz bergan) — mumtoz adabiyotda mashhur kishilarning tugʻilishi va vafoti, turli binoinshootlarning qurilishi, kitoblar taʼlifi va b. muhim voqea-hodisalar vaqtini anglatuvchi sanʼat. T. koʻpincha u yoki bu mashhur shaxsning vafoti munosabati bilan yozilgan. Taʼrixda qoʻllangan soʻz va iboralar, ularni tashkil etgan arab harflarining abjad rakami bilan qoʻshib hisoblanganda, maʼlum bir sana kelib chiqadi. Sanani biddiradigan soʻz yoki ibora T. moddasi, ularni tashkil etgan harflarning abjad boʻyicha yigʻindisi jumal deyiladi. Taʼrix faqat mustaqil yozilmay, baʼzi bir asarlarning ichida ham keladi.

Taʼrixda shoir koʻzda tutgan sana soʻz yoki muammo usulida ifodalanadi. Shunga koʻra, Taʼrix sarih (ochiq, ravshan) va taʼmiya (berkitilgan, yashirilgan) kabi 2 turga boʻlinadi. Taʼrixning sarih turida sana ochiq ifodalansa, taʼmiyada avval Taʼrix moddasi topiladi. Mas., Karimbek Kamiy Chimkentdagi bir jomeʼ mayejidining taʼmirlanish sanasi haqida shunday yozadi: Soli taʼmirin savol etgan kishi, Ey Kamiy, ravshan javob etgil ango: Mingu uch yuz ham oʻtuz erdi faqat, Soli taʼrixi bu itmomi bino.

Kamiy bu yerda «mingu uch yuz ham oʻtuz» (hijriy 1330-y.) deb, mazkur mayejidning taʼmirlanish sanasini ochiq bayon etadi.

Taʼrix oʻziga xos qonuniyat va poetik xususiyatlarga ega.

Zamonaviy adabiyotda Anisiy, Habibiy, Gʻ. Gʻulom, Ulfat, Chustiy va b. T. yozganlar. Arab yozuvi va abjad hisobiga asoslanganligi uchun hoz. kunda Taʼrix yozish anʼanasi toʻxtab qolgan.

Ad.: Adabiy turlar va janrlar, 2j., T., 1992.

Ergash Ochilov.