TAʼZIYA

TAʼZIYA (arab. — yupatish, hamdardlik bildirish) — azador kishiga tasalli berish, ahvol soʻrash odati. Taʼziyada marhumning oila aʼzolari va yaqinlariga qarindoshlari, doʻstyorlari, qoʻshnilari, hamkasblari tomonidan hamdardlik bildiriladi. Islomda Taʼziya bildirish savob ishlardan hisoblanadi. Vafot etgan birodarga eng kerakli va foydali narsa uni duo qilishdir. Janoza va Taʼziyadan maqsad aynan shunday duodir. Taʼziyaning muddati va adadi 3 kun ichida bir bor T. bildirish, mabodo buning iloji bulmasa, soʻng bildirsa ham boʻladi. Kimsaning vafoti haqidagi yozma xabar — taʼziyanoma (nekrolog), motam marosimi oʻtkazilayotgan xonadon — taʼziyaxona, motam tutgan, azador kishi — taʼziyachi deyiladi (yana q. Aza, Motam marosimlari).