TAXTI SANGIN

TAXTI SANGIN — Tojikistonning Qubodiyon tumanidagi qad. shahar xarobasi (mil. av. 3-a. — mil. 3-a.). Amudaryoning oʻng qirgʻogʻida, Vaxsh va Panj daryolari qoʻshilgan yerda, tor vodiyda joylashgan. Bu vodiy gʻarbdan TaxtiQubod togʻi, sharkdan Vaxsh daryosi bilan chegaralangan, 2 qator tosh devor (oraliq masofa — 2 km) bilan muxrfazalangan. Devor oraligʻida turli inshootlar qurilgan. Markazda qalʼahisor (275 — 165 m.), atrofi tosh devor bilan oʻralgan. Devor qalinligi 2 m, bal. 8 m, minoralari boʻlgan, atrofiga xandaq qazilgan. Oke daryosi maʼbudiga atalgan yirik ibodatxona majmuasi (51×51 m) ochilgan. U 4 ustunli zal (mehmonxona) dan (12×12 m) iborat boʻlib, atrofi 2 qatorli yoʻlak bilan oʻralgan. Ibodatxona devorining qalinligi 3 m, yirik xom gʻishtdan (50^50×14 sm) qurilgan. T. Sdan ellin madaniyatiga mansub koʻplab haykaltaroshlik namunalari, fil suyagidan yasalgan buyumlar, xanjar—akinaklar, qimmatbaho gʻiloflar, yuzlab YunonBaqtriya, Kushon, parfyan va hind tangalari, 3000 ga yaqin temir va 50 jez paykon topilgan.