TAXTA

TAXTA — turli yogʻoch gʻoʻlalarni boʻylamasiga tilish yoʻli bilan tayyorlanadigan mahsulot. Binokorlik, mebelsozlik va idish (yashik) lar tayyorlashda ishlatiladi. Ignabargli daraxtlar (tiloyuch, qayrogʻoch, terak, tol, yongʻoq, tut, chinor va b.) gʻoʻlalari Taxta uchun xom ashyo sanaladi. Taxtalar shakliga koʻra, ikki qirrasi tekis tilingan, ikki qirrasi chala arralangan yoki umuman arralanmagan, gʻoʻlaning yonlaridan chikadigan pushtaxta (gorbil) kabi xillarga boʻlinadi. Qalinligi 8 mm dan 100 mm gacha, uzunligi esa 9 m gacha boʻlishi mumkin. Qurilishda 30, 40, 50 mm qalinlikdagi Taxtalar koʻp ishlatiladi. Taxtalar toʻgʻri chiziqliligi, koʻzlarining boryoʻqligi va b. sifatlariga kura 6 xilga bulinadi. Taxtada ishlatiladigan yogʻoch gʻoʻlalar shpal deb ataladi. Shpallarning qalinligi 13—17 sm, uzunligi esa 2,5— 2,7 m ni tashkil etadi. Shpalning toʻrt tomoni tilingan boʻlsa — qirqilgan, ikki tomoni (pasti va usti) arralanib, qolgan ikki tomoni shunday qoldirilsa — yonbosh shpallar deb ataladi.