TAXMASP I

TAXMASP I (1513.3.3, Isfahon sh. yaqinidagi Shohobod qishlogʻi — 1576.14.5, Qazvin) — safaviylar sulolasidan boʻlgan Eron shohi (1524 — 76). Ismoil I Safaviyning oʻgʻli. 10 yoshligida taxtga chiqqan, hokimiyat amalda qizilboshlilar qabila sardorlari qoʻlida boʻlgan. Keyinchalik ulgʻaygach, ular bilan kurashib markaziy hokimiyatni mustahkamlagan. Safaviylar davlatiga Shirvon (1538), Sheki (1551)ni qoʻshib olgan. 1544-y. Humoyunga Hindiston taxtini qaytib olishida yordam bergan, buning evaziga Qandahorni olgan. Turkiya bilan uzoq muddaturush olib borgan (1534—55). Ayni vaqtda T. Xurosonda oʻzbek xonlari bilan deyarli tinimsiz urush qilgan. 1565-y. tam/a soligʻini bekor qilgan.