TAXIATOSH ISSIQLIK ELEKTR STANSIYASI

TAXIATOSH ISSIQLIK ELEKTR STANSIYASI — Qoraqalpogʻiston Respublikasining Taxiatosh sh. dan 4 km uzoqlikda, Amudaryoning chap qirgʻogʻida qurilgan. Shahar va stya qurilishi 1956-y. boshlanib, styaning 12 MVt quvvatli birinchi agregati 1961-y. 10 sent. da ishga tushirilgan. Shu yili styaning oʻrnatilgan quvvatlari 28 MVt birinchi navbati qurilishi nihoyasiga yetkazilgan. 1964-y. da uning 24 MVt quvvatli 2navbati ishga tushirildi. 1969 i. 200 MVt quvvatli 3navbat, 1974-y. da 110 MVt quvvatli 4navbati ishga tushirildi. 1980—1985-y. larda styaning 1 va 2 navbatlari demontaj qilindi. 1990-y. da 420 MVt quvvatli 5 va 6 navbati tamomlandi va styani kengaytirish ishlari nihoyasiga yetkazildi. Styada oʻrnatilgan quvvatlar 730 MVt ni tashkil etadi. Quvvatlar 220, PO, 35 kV kuchlanishlarda uzatiladi. Oqar suv bilan taʼminlangan. Asosiy yoqilgʻisi tabiiy gaz, zahira yoqilgʻisi mazut. 2003-y. da 2905 mln. kVtsoat elektr energiyasi ishlab chiqardi. Stya Oʻzbekiston Respublikasining yagona energetika sistemasiga ulangan.