TARKIBNING DOIMIYLIGI QONUNI

TARKIBNING DOIMIYLIGI QONUNI — kimyoning asosiy qonunlaridan biri. Kimyoviy birikma qanday usudda olinmasin bir xil elementlardan tarkib topadi, ularning massasi oʻzgarmas nisbatda boʻladi. Mas., suv massasiga koʻra 11,19% vodorod (N) va 88,81% kislorod (O) dan iborat. Mol. m. 18,016 ga teng. Bu N2O formulasi bilan ifodalanib, bunda 2 atom vodorodga 1 atom kislorod toʻgʻri keladi (q. Kimyoviy formulolar).7. d,. q. nm 1809-y. da fransuz kimyogari J. Prust kashf etgan.

Tarkibning doimiyligi qonuni gazeimon va suyuq moddalargagina qoʻllanadi. Kristall moddalar tarkibi ham oʻzgarmas, ham oʻzgaruvchan boʻlishi mumkin. Tarkibi oʻzgarmas birikmalar daltonidlar, tarkibi oʻzgaruvchan birikmalar esa bertollidlar deb ataladi (q. Daltonidlar va bertollidlar). Koʻpchilik birikmalar, jumladan deyarli barcha organik birikmalar daltonidlar ga mansubdir.