TANTAL

TANTAL (yunon mifologiyasidagi Tantal nomidan) . Ta — Mendeleyev davriy sistemasining V guruxiga mansub kimyoviy element. Tartib rakami 73, at. m. 180,9479. 2 ta tabiiy izotopi bor: birinchisi radioaktiv 180Ta (0,012%), ikkinchisi barqaror — |8|Ta(99,99%). T. ni 1802-y. da shved kimyogari A. Ekeberg kashf qilgan. Metall hoddagi Tantalni ilk bor nemis kimyogari V. Bolton 1903-y. da ajratib olgan. T. Yer poʻstining massa jihatidan 210^4% ini tashkil qiladi. Tantal tabiatda doim niobiy bilan birga kolumbit (Fe, Mn) (NbO3)2 va tantalit (Fe, Mn) (TaO3)2 minerallari holida uchraydi.

Tantal bir oz koʻkimtirkulrang metall. Sof Tantalning suyuklanish trasi 2996°; zichligi 16,6 g/sm3. T. ni bosim ostida mexanik ishlash mumkin. Tantal havosiz joyda qizdirilsa, oʻzidan koʻp miqdorda elektron chiqaradi. Tantal kimyoviy jihatdan juda barqaror, korroziyaga uchramaydi, asl metallardan keyin birinchi oʻrinda turadi. Faqat, ftorid kislota bilan nitrat kislota aralashmasida va suyultirilgan ishqorlarda eriidi. Tantal birikmalarida 2, 3, 4 va, asosan, 5 valentli. Tantal ftor bilan odatdagi trada (TaGʻ5), xlor bilan 250° dan yuqori trada (TaS15, TaS13, TaS14), brom bilan 300° dan yuqori trada (TaVg5, TaVg3,TaVg2), yod va oltingugurt bilan choʻgʻlanish trasida birikadi. Tantal azot bilan 300° da reaksiyaga kirishadi. Tantal uglerod, bor, kremniy, fosfor, selen, tellur, suv bugi, uglerod (P)oksid, vodorod xlorid, vodorod bromid, vodorod yodid va b. moddalar bilan reaksiyaga kirisha oladi. Tantalning havoda qattiq kizdirilishidan hosil boʻladigan tantal (U)oksid Ta2O5 nihoyatda barqaror modda. T. juda koʻp metallar bilan qotishmalar hosil qiladi.

Tantalni olish uchun tarkibida juda oz Tantal va niobiy boʻlgan rudalarni boyitib, avval tantalit (kolumbit) konsentrat hosil qilinadi. Soʻngra konsentratni ftorid kislota bilan sulfat (yoki nitrat) kislota aralashmasida eritib, Tantal va niobiyning kompleks kislotalari N2TaGʻ7 hamda H2NbF7 hosil qilinadi. H2ToF7 kislotaning kaliyli tuzi K2TaGʻ7 suvda erimasligidan foydalanib, Tantal niobiydan ajratiladi. K2TaGʻ4 ni natriy bilan qaytarib Tantal olinadi. Suyultirilgan K2TaGʻ7 ni elektroliz qilish yoʻli bilan ham Tantal olish mumkin.

Tantal odam va hayvonlar organizmida massa jihatidan 10~5% miqdorda jigar, buyrak, suyak va yumshoq toʻqimalarda uchraydi. Biologik roli hali aniqlanmagan. Organizmning tirik toʻqimalari bilan oʻzaro taʼsir etmasligi sababli Tantaldan jarroxlikda keng foydalaniladi.

Tantal elektronikada, kimyo mashinasozligida, yadro energetikasida, tibbiyot asboblari tayyorlashda, metallurgiyada maxsus poʻlatlar ishlab chiqarish. da va b. sohalarda keng qoʻllanadi.

Ad.: Parpiyev N. A., Rahimov X. P., Muftaxov A. F., Anorganik kimyo, Tantal, 2003; Kaye oʻ mo va S. S. Biogennыye elementoʻ, Tantal, 1990.

Zikrilla Isaboyev.