TANK QOʻSHINLARI

TANK QOʻSHINLARI — kuruklikdagi qoʻshin turi. Tank, motooʻqchi (mexanizatsiyalashgan, motopiyoda), raketa, artilleriya va b. boʻlinma, qism, qoʻshilmalardan tarkib topgan. Tank qoʻshinlari qudratli oʻt ochish, kuchli zarba berish va tez harakat qilish imkoniyatiga hamda ishonchli zirxli himoyaga ega. Bu qoʻshinlar asosiy yoʻnalishlarda yalpi harakat kilib, mustakil va b. qoʻshinlar bilan hamkorlikda dushman mudofaasini yorib oʻtish, yuksak manyovrli jangovar xarakatlar olib borish, dushman mudofaasi ortida xarakat qilib, uning zahiralarini tormor etish, eng muxim marralarni egallash va uni himoya qilish hamda jang va operatsiya maqsadlariga tezkorlik bilan erishishni taʼminlash va b. ga qodir. Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarida Tank qoʻshinlari mavjud.