TANDA

TANDA — gazlamadat boʻylama iplar. Toʻqish uchun tayyorlangan Tanda ipi maxsus katta gʻaltak (navoy)ga oʻralgan boʻladi, navoy toʻquv stanogining orqasiga oʻrnatiladi. Tanda paxta, ipak, zigʻir, jun tolalari, sunʼiy tolalar, baʼzan, bir necha xil tolalar aralashmasi, mas., jun va paxta tolalaridan tayyorlanadi (q. Toʻquvchilik).