TANA

TANA (qoramolchilikda) — urgʻochi yosh mollar guruhi. Ularning yoshi buzoqlar guruqidan soʻng boshlanib, 10—12 oyligidan to jinsiy voyaga yetib, qochib, boʻgʻoz boʻlishiga (24 — 30 oyligida) qadar davom etadi. Zotli va jadal parvarishlangan Tana rivoji yaxshi oʻtadi va biologik tomondan tez yetiladi. Ular zot andozasi vazniga yetganida (300—390 kg) 14 — 16 oyligida urugʻlantirilib, boʻgʻozligi aniqlangandan soʻng (20— 22 oyligida) gʻunajinlar guruhiga oʻtkaziladi.