TAMPA

TAMPA — AKSHning jan. sharqiy qismidagi shahar, Florida shtatida. Aholisi 303,4 ming kishi (2000). Meksika qoʻltigʻi sohilidagi port, chetga, asosan, fosforitlar, sitrus mevalar chiqariladi. Transport yoʻllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Mamlakatning yirik sanoat va savdomoliya markazlaridan. Oziq-ovqat, kimyo, poligrafiya, metallurgiya, metallsozlik, kemasozlik, radioelektronika sanoatlari korxonalari, 2 unt bor. Iklim kurorti. Turizm rivojlangan. Tampa yaqinidan fosforit qazib olinadi.