TAMBUR

TAMBUR (frans. tombour — doyra; asli arabchadan) — meʼmorlikda binolarning tashqi eshiklari oldiga qurilgan kichik xona, daxdiz. Xonalarni issiq va sovuq gʻavo kirishidan sakdaydi. Asosan yirik jamoat binolari, savdo inshootlari, tomosha zallari oldiga, baʼzan binolarga taqab alohida quriladi.