TAL

TAL (goll. talid) — yuk koʻtaradigan osma kurilma. Dastaki, elektr va pnevmatik xillari boʻladi. Dastaki Tal muqim va koʻchma xillarga boʻlinadi. Bunday Tal bilan yukni 12 m gacha balandlikka koʻtarish mumkin. Elektr T. yukni 4—30 m balandlikka koʻtaradi, koʻtarish tezligi 8—20 m/min. Elektr T. harakatlanadigan osma yoʻl bir yoki ikki relyeli boʻladi. Talda elektr tokidan foydalanish mumkin boʻlmagan hollarda pnevmatik T. qoʻllanadi. Tal sexlar, ustaxonalar va b. joylarda ishlatiladi. Tallar bilan 0,25—10 t yukni koʻtarish mumkin.