TALLIBARZU

TALLIBARZU, Uzuntepaʻ soʻnggi antik va ilk oʻrta asrga oid shahar xarobasi. Samarqand sh. dan 6 km jan. da joylashgan. G. V. Grigoryev (1936—38) , Zarafshon arxeologik ekspeditsiyasi (1939) qazishmalar oʻtkazgan va natijada shaxarning mil. av. 1ming yillikdan mil. 8-a. gacha boʻlgan 6 ta madaniy qatlami aniqlangan. Tallibarzuning umumiy mayd. 5 ga, toʻrtburchak shaklida, atrofi koʻplab shinaklari va burjlari boʻlgan qalin devor bilan oʻrab olingan. Shaharning markazida kuhandiz (bal. 18 m) joylashgan, 5—6-a. larda bu yerda qasrli mustahkam qoʻrgʻon qurilgan. Aholi deqqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik bilan shugʻullangan. Tallibarzudan kizil rangga boʻyalgan qadaxlar, ikki boshli qoʻchqor koʻrinishidagi kabob koʻrasi, naqshinkor sopol idishlar, haykallar, yozuv namunalari topilgan. Arab xalifaligining Sugʻdni bosib olishi jarayonida (8-a. boshi) vayron boʻlgan.