TALEYRAN

TALEYRAN (Taleyran — Perigor) (TalleyrandPerigord) Sharl Moris (1754.13.2 Parij 1838.17.5) fransuz diplomati, 1797—99 y. lar (Direktoriya davrida), 1799—1807-y. larda (Konsullik va Napoleon I imperiyasi davrida), 1814—15 y. lar (Lyudovik XVIII davrida) tashqi ishlar vaziri. 1814—15 y. lardagi Vena kongressida fransuz delegatsiyasi raxbari. 1830—34 y. larda Londonda elchi. Eng buyuk diplomatlardan biri, nozik diplomatik «oʻyinlar» ustasi.