TALAS

TALAS — Qirgʻiziston Respublikasidagi dare. Qirgʻiziston tizmasining jan. yon bagʻrida, Qoraqoʻl nomi bilan boshlanadi, Qorasoy qishlogʻi yonida Uchqoʻshoʻy irmogʻi qoʻshilgach, Talas nomini oladi. Talas Ch u daryosiga yetmasdan ancha uzoqda Moʻyinqum choʻllari orasida kichikkichik koʻllar hosil qilib tugaydi. Uz. 661 km, havzasining mayd. 52700 km2. Muz, qor suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha koʻp yillik suv sarfi Qorasoy qishlogʻi yonida 32 m3/sek. Togʻli qismida va ayniqsa, tekislik qismida (Taroz sh. dan quyida) Talasning suvi koʻplab ariq va kanallar orqali sugʻorishga olinadi. Eng yirik irmoqlari: Uchqoʻshoʻy, Koʻlba, Beshtosh, Urmaral, Kumushtog, Qorabura, Kengkoʻl va Nelden. Talas boʻyida Taroz, Talas sh. lari joylashgan. Talasda Kirov suv ombori bor.